Fasad rangini tanlaysiz, eshiklarni ochib ko'rsatasiz — mijoz natijani darhol ko'radi.
[ VEXEL 4D ENGINE • V2.0 ]
Mebelni mijoz oldida 4D formatda loyihalang. Raskroy va smeta — soniyada.
3D model, eshik va tortmalar harakati, jonli smeta va raskroy — bitta dasturda. Loyihani mijoz oldida telefonda yig'asiz, narxni shu yerning o'zida aytasiz, sexga esa detallar ro'yxati va raskroy kartasini berasiz.
- Karta raqami so'ralmaydi
- Telefon, planshet va kompyuterda
- Internetsiz ham ochiladi
- Bepul tarif ham bor
Jonli namuna: aylantiring, eshikni bosib oching, moyka enini o'zgartiring — listlar soni va smeta shu zahoti qayta hisoblanadi. Narxlar namuna uchun; o'zingiznikini «Sozlamalar»da kiritasiz.
Xona va blok eni — millimetr aniqligida
Pastki, yuqori va antresol qatorlari
Korpus, fasad va texnika chuqurligi
Eshik va tortmalar harakati, yig'ilish animatsiyasi, jonli smeta va raskroy
01 / Dastur ichida
Chizmadan sexgacha — bitta oynada
Harakat va yig'ilish
Chapga, o'ngga va yuqoriga ochiladigan eshiklar, kupe, tortmalar — mijoz bosib ochib ko'radi. Mebel bo'sh joydan yig'ilishini MP4 video qilib yuborasiz.
Mijozga 3D havola
Mijoz login'siz telefonida ko'radi, izoh yozadi va «Tasdiqlayman»ni bosadi. Ichki narxlaringiz ko'rinmaydi.
Tayyor bloklar
Oshxona (pastki, yuqori, penal), shkaf, kupe, antresol, TV zona, prixojaya, komod.
Detallar va kromka
O'lcham, soni, kromka qalinligi va kesish o'lchami — har bir detal uchun o'zi chiqadi.
PDF va Excel
Mijozga — 3D tasvir va narx. Sexga — chizmalar, raskroy va Excel fayl.
Telefon va kompyuter
Bitta hisob, loyihalar bulutda. Ilova qilib o'rnatiladi, internetsiz ham ochiladi.
02 / Raskroy va sex
Qog'ozdagi chizmadan — VEXEL 4D gacha
Har bir qadam avvalgisidan avtomatik hisoblanadi: o'lchamni o'zgartirsangiz, detallar, raskroy va narx darhol yangilanadi.
| Bosqich | Qog'oz va kalkulyator | VEXEL 4D |
|---|---|---|
| Chizma | Qo'lda, qog'ozda yoki eskizda | 3D model — mijoz oldida, telefonda |
| Mijozga ko'rsatish | Rasm va og'zaki tushuntirish | Eshiklarni ochib ko'rsatasiz, 3D havola yuborasiz |
| Detallar ro'yxati | Qo'lda sanaladi — xato bo'lishi mumkin | O'zi chiqadi: o'lcham, soni, kromka, kesish o'lchami |
| Raskroy | List ustida taxmin qilinadi | Detallar listga o'zi joylashadi, listlar soni darhol ko'rinadi |
| Smeta | Kalkulyatorda; o'lcham o'zgarsa — qaytadan | O'lcham o'zgarsa — narx shu zahoti yangilanadi |
| Sexga berish | Qog'oz va telefon orqali tushuntirish | PDF chizmalar va Excel — har material alohida varaqda |
- Arra (propil)3–5 mm — avto-hisob
- Kromka0,4 / 1 / 2 mm — kesish o'lchamidan ayiriladi
- Teksturayo'nalish hisobga olinadi
- Sex uchunExcel — har material alohida varaqda
03 / Tariflar
Oddiy narx, yashirin to'lovsiz
Avval 7 kun barcha imkoniyatlar bilan bepul sinab ko'rasiz. Keyin bepul Start tarifida qolasiz yoki Pro Usta'ni tanlaysiz.
Start bepul
Dastur bilan tanishish va kichik buyurtmalar uchun
- 2 ta loyiha hisobingizda
- 3D loyiha, barcha bloklar va o'lchamlar
- Detallar ro'yxati, raskroy va smeta — ekranda
- PDF — «bepul versiya» belgisi bilan
- Excel, video, mijozga havola
Pro Usta
Bitta oshxona buyurtmasi foydasining kichik bir qismi — birinchi buyurtmadayoq o'zini oqlaydi.
Har kuni buyurtma oladigan ustalar va ustaxonalar uchun
- Cheksiz loyihalar, hisobingizda saqlanadi
- PDF'da o'z logotipingiz va ustaxona nomi
- Raskroy sexi uchun Excel (kromka, tekstura bilan)
- Yig'ilish videosi va mijozga 3D havola
- 2 ta qurilmada: masalan, telefon va kompyuter
To'lov: ro'yxatdan o'tgach dasturda ko'rsatiladi. Admin to'lovni tasdiqlagach Pro Usta ochiladi.
Kechasi to'lov qildingizmi? Dasturdagi «To'lov qildim» tugmasi Pro'ni darhol 24 soatga ochadi — mijoz oldida kutib o'tirmaysiz. Admin keyin tasdiqlaydi.
Pul avtomatik yechib olinmaydi. Keyingi oyni to'lamasangiz, bepul Start tarifiga o'tasiz — loyihalaringiz o'chmaydi.
Savollar bo'yicha: +998 93 283 93 92
04 / Savollar
Ko'p beriladigan savollar
Nega «4D»?
3D — bu en, balandlik va chuqurlik. To'rtinchi o'lcham — harakat va vaqt: eshik va tortmalar ochilishi, mebelning yig'ilish animatsiyasi, o'lcham o'zgarganda smeta va raskroyning shu zahoti qayta hisoblanishi.
Telefonda ishlaydimi?
Ha. iPhone (Safari) va Android (Chrome) brauzerida, planshet va kompyuterda ishlaydi. Bosh ekranga ilova qilib o'rnatish mumkin.
Internet bo'lmasa-chi?
Bir marta ochilgandan keyin dastur internetsiz ishlaydi. Loyihalar internet qaytganda hisobingizga saqlanadi. Obunani tekshirish uchun kamida 10 kunda bir marta internetga ulanish kerak.
Bepul sinov tugasa nima bo'ladi?
Bepul Start tarifiga o'tasiz: 2 ta loyiha, 3D, detallar va smeta ishlayveradi, PDF'da «bepul versiya» belgisi bo'ladi. Loyihalaringiz o'chmaydi — Pro'ni to'lasangiz, hammasi to'liq ochiladi.
Kechasi obunam tugab qolsa-chi?
To'lovni qiling va dasturda «To'lov qildim» tugmasini bosing — Pro darhol 24 soatga ochiladi (30 kunda bir marta). Admin to'lovni tasdiqlagach obuna davom etadi.
Raskroy sexiga qanday beraman?
Pro Usta tarifida «Raskroy sexi uchun (Excel)» fayli: har bir material alohida varaqda — detal o'lchami, soni, kromka qalinligi va tekstura yo'nalishi. Raskroy xaritasini PDF yoki SVG qilib ham yuborish mumkin.
Bitta hisobni nechta qurilmada ishlatsa bo'ladi?
Telefon va kompyuterda bir vaqtda ishlashingiz mumkin. Yana boshqa qurilmadan kirilsa, eng eski qurilmadagi kirish yopiladi.
Loyihalarimni kim ko'radi?
Loyihalar sizning hisobingizda saqlanadi, boshqa foydalanuvchilar ko'rmaydi. Xizmat ko'rsatish va yordam berish uchun dastur administratori ko'ra oladi. Mijoz faqat siz yuborgan havola orqali, faqat o'sha loyihani ko'radi — ichki narxlaringizsiz.
Raskroy va smeta qanchalik aniq?
Arra qalinligi (odatda 4 mm), chetdan kesish va kromka qalinligi (0,4 / 1 / 2 mm) hisobga olinadi — kesish o'lchami kromka ayirilgan holda chiqadi. List o'lchami va narxlarni o'zingiz kiritasiz. Prisadka (teshiklar) xaritasi hozircha yo'q, shuning uchun birinchi buyurtmalarda o'lchamlarni bir marta tekshirib oling.
Qanday mebellarni chizsa bo'ladi?
Korpus mebel: oshxona (pastki, yuqori, penal), shkaf va kupe, antresol, TV zona, prixojaya, komod, tumba, kitob javoni. Har bir blokning o'lchami, bo'limlari va eshiklari sozlanadi.
[ START ]
Birinchi loyihangizni bugun chizing
Ro'yxatdan o'ting — 1 daqiqa vaqt oladi.
Bepul loyiha chizish